Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» hujumchisi Ramush ikkita top-klubga taklif qilindi

«PSJ» hujumchisi Ramush ikkita top-klubga taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi parijliklarning asosiy tarkibidan muqim joy ololmayapti, shu sababli uning ushbu yozda jamoani tark etishi juda ehtimoldan yiroq emas. Insayder Nikolo Skiraning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining xizmatlari allaqachon «Milan» va «Yuventus» klublariga taklif etilgan. Hozircha «rossoneri»lar va «byankoneri»lar ushbu bitimga qanchalik qiziqish bildirayotgani noma’lum.

Gonsalu Ramush o‘tgan mavsumda «PSJ» safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va ikkita golli uzatma bilan ajralib turdi. 24 yoshli futbolchining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 30 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 04:12, 17.06.2026.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик