Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi Argentina terma jamoasi safida 200-o‘yinini o‘tkazadi

Messi Argentina terma jamoasi safida 200-o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bugun Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi yubiley uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Inter Mayami» hujumchisi JCH-2026 guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan Jazoirga qarshi o‘yinda «albiseleste»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Ushbu bahs Messi uchun Argentina milliy jamoasi libosidagi 200-o‘yin bo‘ladi. Bundan oldingi 199 ta uchrashuvda sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi 117 ta gol urgan.

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yilning yozida, 18 yoshida o‘tkazgan edi. Bir haftadan keyin hujumchi 39 yoshga to‘ladi. E’tiborli jihati shundaki, Lionel tarixda oltita jahon chempionatida maydonga tushgan birinchi futbolchiga aylanadi.

Kiritildi: 05:00, 17.06.2026.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик