Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Mbappe Olise bilan birga o‘ynashdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Mbappe Olise bilan birga o‘ynashdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Maykl Olise bilan birgalikdagi o‘yini haqida nima deb o‘ylashini aytdi.

«Uchranglar» sardori JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Senegalga qarshi bahsda (3:1) raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi – birinchi vaziyatda, 66-daqiqada, unga «Bavariya» vingeri assistentlik qildi.

«Olise bilan birga o‘ynash men uchun juda oson. U doim boshini baland ko‘tarib harakat qiladi, har doim oldinga o‘ynashga intiladi», — deya Mbappening so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

Aytgancha, Fransiya va Senegal o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini Mbappega emas, aynan Olisega nasib etdi.

Ikkinchi turda fransuzlar iroqlik raqiblariga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 05:46, 17.06.2026.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик