Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Arsenal» Manu Koneni sotib olmoqchi emas

«Arsenal» Manu Koneni sotib olmoqchi emas

Baho:
+ | -

Fabrisio Romano bergan xabarga ko‘ra, «Arsenal» «Roma»dan Manu Koneni transfer qilish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormayapti. Insayderning ta’kidlashicha, APL chempionlari ayni damda fransiyalik yarim himoyachini sotib olishni maqsad qilmagan.

Bundan avvalroq, «Arsenal» 25 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol muzokaralar olib borayotgani, «Roma» esa Kone uchun taxminan 50 million yevro talab qilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Manu Konening rimliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda xavbek Italiya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Konening transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:19, 17.06.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик