Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 0-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

Messi Jazoirga qarshi JCH-2026 o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Messi Jazoirga qarshi JCH-2026 o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Jazoirga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "J" guruhidan o‘rin olgan uchrashuv AQSHning Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tdi va argentinaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Messi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi. U 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 60 va 76-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchinchi golda Nikolas Gonsales assist muallifi bo‘ldi.

Endilikda sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida germaniyalik Miroslav Kloze bilan yetakchilikni bo‘lishib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida 16 tadan gol mavjud.

38 yoshli Messi uchun bu Argentina terma jamoasi safidagi 200-o‘yin va jahon chempionatlaridagi 27-uchrashuv bo‘ldi. Shuningdek, u tarixda oltita jahon chempionatida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:12, 17.06.2026.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик