Jahon chempionati-2026 "J" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Avstriya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsda avstriyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avstriya hisobni 20-daqiqada ochdi. Romano Shmid raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Ali Olvan Iordaniya nomidan javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.
Uchrashuv taqdirini esa 76-daqiqadagi avtogol hal qildi. Iordaniyalik himoyachi Yazan Al-Arab to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Qo‘shimcha vaqtning 12-daqiqasida Marko Arnautovich penaltini aniq bajarib, bahsga nuqta qo‘ydi.
JCH-2026. "J" guruhi. 1-tur
17 iyun, 2026 yil
Avstriya — Iordaniya 3:1
Gollar: 1:0 — Shmid, 20. 1:1 — Olvan, 50. 2:1 — Al-Arab, 76 (avtogol). 3:1 — Arnautovich, 90+12 (pen).
Keyingi turda Avstriya 22 iyun kuni Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Iordaniya esa 23 iyun kuni Jazoir bilan kuch sinashadi.













