Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Amorim «Milan»ning asosiy transfer maqsadini belgiladi

Amorim «Milan»ning asosiy transfer maqsadini belgiladi

Baho:
+ | -

«Milan» klubining yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 2026/27 yilgi mavsum uchun jamoani kuchaytirish borasidagi ustuvor maqsadni belgilab oldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «rossonerilar» rahbariyati yangi markaziy hujumchi qidirmoqda. Jamoa ustozi bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng, hujum chizig‘ini yangilash uchun asosiy nomzod sifatida «PSJ» forvardi Gonsalu Ramush tanlandi.

«PSJ» Ramushni taxminan 40 million yevroga baholamoqda, biroq «Milan» parijliklarni futbolchini 2027 yilda sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga ko‘ndira olishidan umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, klub muzokaralarda ehtimoliy kelishuvning barcha tomonlari bilan aloqaga ega bo‘lgan agent Jorje Mendesh xizmatidan foydalanishi mumkin. Yakunlangan mavsumda 24 yoshli futbolchi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Milan» muqobil variant sifatida ayni paytda «Al-Hilol» safida to‘p surayotgan Darvin Nunyes nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 17:25, 17.06.2026.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик