Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Chelsi» «Kristal Pelas» himoyachisini sotib olmoqchi

«Chelsi» «Kristal Pelas» himoyachisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» himoyachisi Maksans Lakrua ushbu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Daily Mail nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. «Ko‘klar» fransiyalik himoyachini mudofaa chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab olishgan. Ehtimoliy kelishuv taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.

Maksans Lakrua 2024 yilda «Volfsburg»dan «Kristal Pelas»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «burgutlar» safida barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Lakruaning transfer bahosini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:59, 17.06.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик