Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Soboslaini sotib olmoqchi

«Barselona» Soboslaini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Barselona»ga o‘tishi mumkin.

TEAMtalk nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi vengriyalik futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq «qizillar» ushbu yozda o‘z xavbekini sotishga rozi bo‘lishlari ehtimoli juda past.

Dominik Soboslai 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Liverpul»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizillar» safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Soboslaining transfer bahosini 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:24, 17.06.2026.
O'qildi: 3327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик