Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ryudiger Shlotterbekning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ryudiger Shlotterbekning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Dortmundning «Borussiya» klubi vakili Niko Shlotterbekning «qaymoqranglilar» lageriga o‘tishi mumkinligi borasidagi transfer xabarlariga to‘xtalib o‘tdi.

«Yaxshi futbolchilar hammaga kerak. Men bundan faqat xursand bo‘lardim. Niko har doim xavfli, ayniqsa standart vaziyatlarda. U juda agressiv, doim kurashga kirishishga tayyor va to‘pni olib qo‘yishda juda ajoyib harakat qiladi. Uning chap oyog‘i — shunchaki oltin», — deya Ryudigerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Yakunlangan klub mavsumida 26 yoshli Shlotterbek «Borussiya» tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining transfer bozoridagi joriy bahosi 55 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 00:10, 18.06.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик