Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Joau Nevesh Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Yarim himoyachi ushbu bahsda o‘z jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Nevesh bosh bilan aniq zarba berib raqib darvozasini ishg‘ol etdi, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi eng faol futbolchilardan biri bo‘ldi. O‘yin yakunlariga ko‘ra, FIFA 20 yoshli futbolchiga uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan maxsus sovrinni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi turnirning start uchrashuvida Kongo DRni mag‘lub eta olmadi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Navbatdagi turlarda Roberto Martines shogirdlari O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.













