«Arsenal» va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Gael Klishi Jahon chempionati-2026 doirasidagi Kongo DRga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi o‘yiniga ko‘rsatayotgan ta’siri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz o‘yindan oldin Krishtianu o‘zining xarakteri va boy tajribasi bilan yosh futbolchilarga yordam berishi haqida gapirgan edik. Biroq ba’zida bunday futbolchilar ixtiyorsiz ravishda butun e’tibor markazida bo‘lib qolishadi. U maydonda bo‘lmagan paytda, boshqa o‘yinchilar tashabbusni ko‘proq o‘z zimmalariga olishadi. Ehtimol, Ronaldu bilan jamoa juda tez-tez to‘pni qanotga yetkazib berishga va uni uzatmalar bilan qidirishga harakat qilayotgandir. Agar u maydonda bo‘lmaganida, portugaliyaliklar maydon markazi orqali ko‘proq kombinasiyalar uyushtirishlari mumkin edi», — deya Klishining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.













