2026 yilgi jahon chempionatining "L" guruhidan o‘rin olgan Gana va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Kanadaning Toronto shahridagi «Bi-Em-O Fild» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Gana minimal hisobda g‘alaba qozondi — 1:0.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga qo‘shimcha vaqtning 5-daqiqasida yarim himoyachi Kaleb Yirenki mualliflik qildi. Shu tariqa ganaliklar mundialni g‘alaba bilan boshladi.
Avvalroq ushbu guruhda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Jahon chempionati-2026. "L" guruhi, 1-tur
18 iyun, 2026 yil
Gana — Panama — 1:0
Gol: Kaleb Yirenki, 90+5.













