Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi "L" guruhi 1-turida Gana Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvdan so‘ng o‘yinning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Turnir tashkilotchilari tomonidan «Player of the Match» sovrini Gana terma jamoasi hujumchisi Antuan Semenyoga berildi. E’tiborli jihati shundaki, u uchrashuvdagi yagona gol muallifi emas.
26 yoshli futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa to‘liq harakat qildi. U statistikada gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi, ammo jamoa o‘yinida muhim rol o‘ynadi.
Semenyo uchrashuv davomida 2 ta zarba berdi (ikkitasi ham aniq emas), 1 ta kalit uzatma amalga oshirdi, 1 marta qoidabuzarlik ishlatdi. U 9 ta yakkakurashning 4 tasida g‘alaba qozondi, shu jumladan 2 ta havodagi kurashda ustunlik qildi. Uning pas aniqligi 82 foizni tashkil etdi.
Uchrashuv taqdirini esa qo‘shimcha vaqtning 90+5-daqiqasida Kaleb Yirenki tomonidan urilgan gol hal qildi. Unga zaxiradan maydonga tushgan forvard Brendon Tomas-Asante assistlik qildi.













