So‘nggi yillarda «So‘g‘diyona»ning muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutib kelayotgan, Superligining eng kuchli legionerlaridan biri Lyupcho Doriyev bilan mehnat shartnomasi muddati uzaytirildi. Unga ko‘ra, mahoratli hujumchi 2030 yilning 31 dekabriga qadar "So‘g‘diyona" sharafini himoya qiladi.
2023 yilning yozida «So‘g‘diyona» safiga qo‘shilgan Doriyev qisqa vaqt ichida muxlislar mehrini qozonib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi. Hozirga qadar u Superligada 74 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi hamda 21 ta golga assist muallifi bo‘ldi.













