Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

«Yuventus» Kambyaso bo‘yicha APL grandidan taklif oldi

«Yuventus» Kambyaso bo‘yicha APL grandidan taklif oldi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi o‘z himoyachisi Andrea Kambyasoni sotib yuborishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya grandi Kambyasoning transferi bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi vakili — Londonning «Chelsi» klubidan rasmiy taklif olgan. Londonliklar futbolchi uchun 27–28 million yevro atrofidagi ilk dastlabki taklifni yuborishgan. Biroq «Yuventus» rahbariyati ushbu transferdan kamida 35–40 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Ortda qolgan klub mavsumida 26 yoshli Kambyaso barcha musobaqalarni inobatga olgan holda jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda u 3 ta gol urishga hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qolaversa, himoyachining «Yuventus» klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:52, 18.06.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик