O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi hisoblangan futbol mutaxassisi Dmitriy An shogirdining JCH-2026 dagi goliga munosabat bildirdi. Futbolchi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda Kolumbiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
«Abbos haqiqiy tarix yaratdi! O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi gollari hisobini aynan uning shaxsan o‘zi ochib bergani juda yoqimli bo‘ldi. U tarixga kirdi. Unda hamisha golni sezish intuisiyasi juda kuchli bo‘lgan», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda «Chempionat» nashri.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi kolumbiyaliklarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mundialdagi navbatdagi bahsda Osiyo vakillari Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv 23 iyun kuniga rejalashtirilgan.













