Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

«Inter» Palestra bo‘yicha taklifini oshiradi

«Inter» Palestra bo‘yicha taklifini oshiradi

Baho:
+ | -

«Atalanta» klubi himoyachisi Marko Palestra Milanning «Inter» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraga ma’lum bo‘lishicha, «Inter» 21 yoshli futbolchi uchun beradigan taklifini bonuslar bilan birgalikda 50 million yevrogacha oshirishga tayyorlanmoqda. Qayd etilishicha, «Atalanta» 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan futbolchisining sotuvidan aynan mana shuncha mablag‘ ishlab olmoqchi.

Ayni paytda klublar o‘rtasidagi muzokaralar faol tarzda davom etmoqda. Shu bilan birga, Palestraning o‘zi «Inter» bilan yillik 3 million yevro maosh ko‘zda tutilgan va 2031 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgani aytilmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Palestra Italiya chempionati doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:31, 18.06.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик