Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 1-turida Kongo DRga qarshi o‘yinda qayd etgan durangi (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuv juda katta ahamiyatga ega. Agar Portugaliyaning qanday o‘ynagani haqida gapiradigan bo‘lsak, maydonda ko‘proq energiya ko‘rishni istagan bo‘lardim. Menga ko‘proq harakat yetishmagandek tuyuldi. Futbolchilar tez-tez bo‘sh hududlarga ochilishlari va Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, oldinga qarab yurishlar qilishlarini xohlardim. Menimcha, Portugaliya juda kuchsiz o‘yin o‘tkazdi.
Agar vaziyatlar bo‘lmasa, Krishtianu Ronalduning statistikasi ideal ko‘rinishga kelmaydi. Agar unda vaziyatlar, ayniqsa, yaxshi imkoniyatlar bo‘lsa, u albatta gol uradi. Biz uning so‘nggi besh yildagi statistikasiga qarashimiz mumkin, ammo bu hozir hech narsani anglatmaydi», — dedi Runi.













