Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Abbosbek Fayzullayev: “Ertalab soat 7 da turib o‘yinni ko‘rish oson emas, barcha muxlislardan minnatdormiz”

Abbosbek Fayzullayev: “Ertalab soat 7 da turib o‘yinni ko‘rish oson emas, barcha muxlislardan minnatdormiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kolumbiyaga (1:3) qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Oq bo‘rilar”ning yagona goliga mualliflik qilgan Fayzullayev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Fayzullayevning ta’kidlashicha, dastlabki daqiqalardagi hayajonga qaramay, jamoa ikkinchi taymda o‘z o‘yinini ko‘rsata olgan, biroq qilingan oddiy xatolar qimmatga tushgan.

“Ushbu o‘yinda ochko olishimiz mumkin edi, chunki yigitlar borini berishdi. Dastlabki daqiqalarda baribir hayajon bo‘ldi, biroq ikkinchi taym boshlangach, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni boshladik va gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi golni oddiy o‘zimizning xatomiz tufayli o‘tkazib yubordik, baribir bu alam qiladi”, deydi Fayzullayev.

Shuningdek, Abbosbek vaqt farqiga qaramay, uchrashuvni kuzatib borgan o‘zbekistonliklarga va bevosita stadionga kelgan ishqibozlarga o‘zining alohida rahmatini aytdi:

“O‘zbekistonda turib yoki bu yerga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga katta rahmat aytib qolaman. Chunki ertalab soat 7 da turib o‘yinni ko‘rish oson emas. Biz ulardan juda minnatdormiz. Oldimizda hali yana ikkita o‘yin bor, endi bor e’tiborimizni Portugaliyaga qarshi bahsga qaratamiz”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yinini 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:06, 18.06.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик