Senegal terma jamoasi sardori Kalidu Kulibali Senegal fuqarolari uchun AQSHga kirish taqiqlangani borasida o‘z fikrini bildirdi.
Bunday cheklovlar jahon chempionatining boshqa ishtirokchilari — Kot-d’Ivuar, Eron va Gaitiga ham tegishli bo‘lgan.
«Ota-onalarimiz va yaqin qarindoshlarimiz yonimizda bo‘lishlari uchun federasiya katta ish hajmini bajardi. Ammo ayrim muxlislarning Amerikaga uchib kela olmagani ham ayni haqiqat.
Mening fikrimcha, har bir terma jamoa o‘z odamlarini yonida his qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, shu sababli afrikaliklar nima uchun o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlay olmasliklarini tushunmayapman.
Men siyosat yoki shunga o‘xshash narsalar haqida gapirishni istamayman. Faqat futbol haqida gapirishni, futboldan zavqlanishni xohlayman va futbol hamma uchun deb hisoblayman», — dedi Kulibali.













