Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Benyat «Rayo Valyekano» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Benyat «Rayo Valyekano» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

«Rayo Valyekano» Benyat San-Xose Xilning asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Benyat — bir qancha mamlakatlarda faoliyat yuritgan tajribali mutaxassis. U murabbiylik faoliyatini «Real Sosyedad»ning yoshlar jamoasida boshlagan, shundan so‘ng Saudiya Arabistoni, Chili, Boliviya, BAA, Belgiya va Meksikada ishlagan.

Uning asosiy yutuqlari qatorida «Universidad Katolika» klubi bilan Chili chempionligi (2018), Boliviyaning «Bolivar» jamoasi bilan bir nechta sovrinlar va Libertadores kubogining chorak finaliga chiqish bor.

Benyat San-Xose 2025 yilning fevral oyidan buyon «Eybar»ni boshqarib kelayotgan edi va jamoa bilan 60 ta o‘yin o‘tkazdi.

Yakunlangan mavsumda «Rayo Valyekano» La Ligada sakkizinchi o‘rinni egalladi va Konferensiyalar ligasi finaliga qadar yetib bordi. Jamoaning avvalgi ustozi Inigo Peres o‘z xohishiga ko‘ra klubni tark etgan edi.

Kiritildi: 15:43, 18.06.2026.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик