Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Van der Vaart Yaponiya terma jamoasi haqidagi mojaroli hazilidan keyin uzr so‘radi

Van der Vaart Yaponiya terma jamoasi haqidagi mojaroli hazilidan keyin uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart JCH-2026 doirasidagi Niderlandiya va Yaponiya (2:2) uchrashuvidan so‘ng mojarolar markazida qoldi.

Televideniyeda ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Van der Vaart o‘yin vaqtida urilgan so‘nggi gol vaziyatini tahlil qildi. U Yaponiya terma jamoasi futbolchilari haqida gapira turib: «Axir ularning hammasi bir xil ko‘rinishadi», — deb yubordi.

Studiyadagi noqulay sukutdan so‘ng, sobiq futbolchi: «Bu, albatta, hazil. Men allaqachon biror narsa deyishga qo‘rqib qoldim», — deya qo‘shimcha qildi.

Ushbu fikr ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlar to‘lqinini keltirib chiqardi. Bunga javoban Van der Vaart o‘z vakillari orqali bayonot berib, hech qanday irqchilik yoki kamsitish niyati bo‘lmaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, «F» guruhi 1-turidan o‘rin olgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Yaponiya terma jamoasi 88-daqiqada Kamada tomonidan kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Kiritildi: 15:50, 18.06.2026.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик