Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Jonatan Devid uchun narx belgiladi

«Yuventus» Jonatan Devid uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Jonatan Devid shu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin.

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi kanadalik futbolchini sotish niyatida. «Yuventus» forvardning transferidan taxminan 40 million yevro ishlab olmoqchi. Muammo shundaki, hozircha turinliklarda Devidning transferi bo‘yicha aniq takliflar yo‘q.

Jonatan Devid 2025 yilda «Lill»dan «Yuventus»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Turin klubi safinda barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Devidning qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:10, 18.06.2026.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик