Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen Turkiyaning «Galatasaroy» klubida o‘zini qanchalik ajoyib his qilayotgani haqida gapirib berdi. Uning fikricha, o‘zi va klub rahbariyati o‘rtasida ishonchli hamda hurmatga asoslangan munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.
«Men va «Galatasaroy» o‘rtasida o‘zaro chuqur hurmat bor. Bu nafaqat menga, balki oilamga, do‘stlarimga va meni qurshab turgan barcha narsaga bo‘lgan munosabatda ham seziladi. «Galatasaroy»da har tong tabassum va shu yerda o‘ynayotganim uchun Allohga shukronalik bilan uyg‘onaman. Mashg‘ulotlarda esa a’lo kayfiyatda qatnashaman», — deya Osimxenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Osimxen Neapoldagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng, 2024 yilda Turkiya klubiga ko‘chib o‘tgan edi.













