Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Lineker Keynni Angliya terma jamoasi tarixidagi eng buyuk hujumchi deb atadi

Lineker Keynni Angliya terma jamoasi tarixidagi eng buyuk hujumchi deb atadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq forvardi Gari Lineker Jahon chempionatining ilk o‘yinida Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:2) so‘ng milliy jamoa sardori Harri Keynning o‘yiniga yuqori baho berdi.

Dallasda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda dubl qayd etgan Keyn mundiallardagi gollari sonini 10 taga yetkazdi va ingliz futbolchilari o‘rtasida Linekerning rekordiga tenglashib oldi.

«Keyn rekordimni takrorlaganidan juda xursandman. Jahon chempionatlarida ikki xonali sonlarda gol urgan futbolchilar klubiga xush kelibsan. Ha, buning uchun unga menga qaraganda bitta turnir ko‘proq kerak bo‘ldi, lekin jiddiy aytadigan bo‘lsam, Harri Keyn — bizda bo‘lgan ingliz hujumchilarining eng buyugidir. Uning universalligi va umuman o‘yini uni boshqalardan ajratib turadi», — deb bayonot berdi Lineker «The Rest is Football» podkastida.

Keyn faoliyatidagi uchinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bundan avval u 2018 va 2022 yillardagi turnirlarda qatnashgan va Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.

Kiritildi: 19:02, 18.06.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик