Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Janni Infantino terma jamoamizni jahon chempionatidagi debyut bilan tabrikladi

Janni Infantino terma jamoamizni jahon chempionatidagi debyut bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun Meksikaga tashrif buyurgan O‘zbekiston rasmiylari «Asteka» stadionida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashishdi.

Samimiy suhbat davomida janob Infantino terma jamoamizni jahon chempionatidagi tarixiy debyut bilan tabriklab, keyingi uchrashuvlarda omad tiladi.

O‘z navbatida, Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati FIFA rahbariga minnatdorlik bildirib, Kolumbiyaga qarshi bahs milliy futbolimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, rasmiylar Kolumbiya futbol federasiyasi prezidenti, FIFA kengashi a’zosi Ramon Xesurunni qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklab, unga esdalik sovg‘asini topshirishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:08, 18.06.2026.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик