Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Kristal Pelas» Uortonni sotmoqchi emas

«Kristal Pelas» Uortonni sotmoqchi emas

Baho:
+ | -

Londonning «Kristal Pelas» klubi rahbariyati yarim himoyachi Adam Uortonni jamoada saqlab qolishni afzal ko‘rmoqda. Bu ma’lumot bilan jurnalist Mett Vusnam bo‘lishdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «burgutlar» 22 yoshli xavbekni faqatgina juda katta summa evaziga sotishga rozi bo‘lishadi. Klub bu borada yaqin orada «Manchester Siti»ga o‘tishi kutilayotgan «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferiga mo‘ljal olishni rejalashtirmoqda.

Uortonning sotilishi «Kristal Pelas»ga keyingi davr uchun tarkibni yangilash imkonini bersa-da, klub baribir o‘z yulduzini kamida yana bir yil saqlab qolishni afzal ko‘rmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Uorton barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va yettita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 19:13, 18.06.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик