Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Irismetov O‘zbekiston JCHda guruhdan chiqa olishiga ishonmoqda

Irismetov O‘zbekiston JCHda guruhdan chiqa olishiga ishonmoqda

Baho:
+3 | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Jafar Irismetov milliy terma jamoa JCH-2026'da guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqishga qodir deb hisoblaydi.

Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Guruh bosqichining qolgan o‘yinlarida jamoa Portugaliya va DR Kongo bilan to‘qnash keladi.

«Biz qarshi hujumga juda yaxshi chiqamiz, to‘pni o‘zida saqlay oladigan o‘yinchilarimiz, Shomurodov kabi yaxshi hujumchilarimiz bor.

Ronalduni to‘xtatib qolish? Uning hozir qanday sport formasida ekanligini bilmayman. Ko‘proq xavf Brunu Fernandesh va boshqa futbolchilardan bo‘ladi. Ammo Ronaldu — bu Ronaldu. Baribir u unchalik yorqin ko‘rinmasligi va gol urishi mumkin, u buni uddalay oladi. Unga qarshi kimnidir personal qo‘yish kerak deb o‘ylamayman.

Biz jamoaviy o‘yin bilan kuchlimiz. O‘ylashimcha, agar ularga ko‘p bo‘sh joy bermasak va zich o‘ynasak, ularni yutishimiz ham, maydonni yaxshi natija bilan tark etishimiz ham mumkin. Aytishganidek, endi qo‘rqadigan ham, yo‘qotadigan ham narsa qolmadi. To‘g‘ri, Kongo ham kuchsiz raqib emas.

To‘rt ochko olib, guruhdan chiqish butunlay yetarli bo‘ladi. Yo uchinchi o‘rin bilan, yo ikkinchi o‘rin bilan. Lekin, ehtimol, birinchi o‘rin bilan hamdir», — dedi Irismetov.

Kiritildi: 19:28, 18.06.2026.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик