JCH-2026 musobaqasi "A" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» arenasida bo‘lib o‘tgan bahsni amerikalik hakam Tori Penso boshqarib bordi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida yarim himoyachi Mixal Sadilek Chexiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada esa hakam chexiyaliklar jarima maydonida qo‘l bilan o‘yin qayd etib, penalti belgiladi. Teboxo Mokoyena 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
"A" guruhining 1-turida Chexiya Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. JAR esa turnirdagi ilk uchrashuvida Meksikaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Chexiya Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Janubiy Afrika Respublikasi esa Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Jahon chempionati–2026. A guruhi, 2-tur
Chexiya — JAR — 1:1
Gollar: Sadilek, 6 (1:0), Mokoyena, 83-penalti (1:1).













