Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Floyd Meyvezer 20 yilga qamalishi mumkin

Floyd Meyvezer 20 yilga qamalishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer Las Vegasda qimmatbaho soat xarid qilishda firibgarlikka qo‘l urganlikda ayblanmoqda. Shu sababli uning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Al Jazeera nashrining xabar berishicha, 49 yoshli sobiq bokschi 2024-yilning dekabr oyida “Gold and Beyond” do‘koniga 200 ming dollarlik chek yozib bergan. Biroq uning bank hisobida bunday mablag‘ bo‘lmagan. Las Vegas prokuraturasi buni qasddan qilingan firibgarlik deb baholamoqda.

Unga ko‘ra, 15 iyun, dushanba kuni ushbu ish bo‘yicha o‘tgan dastlabki sud majlisida Meyvezerning o‘zi qatnashmagan, uning o‘rniga advokati ishtirok etgan. Bokschiga nisbatan rasman “yirik miqdordagi o‘g‘rilik” hamda “firibgarlik maqsadida soxta chek taqdim etish” ayblovlari e’lon qilingan. Navbatdagi sud tinglovlari sentyabr oyiga belgilangan.

Nevada shtati qonunlariga ko‘ra, agar Floydning aybi tasdiqlansa, firibgarlik uchun 1 yildan 4 yilgacha, yirik o‘g‘rilik uchun esa 1 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Shuningdek, u katta miqdorda jarima to‘lashi va yetkazilgan zararni qoplashi kerak bo‘ladi. Bokschining vakillari hozircha bu holat yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda Meyvezerning bu kabi muammolari ko‘payib qolgan. Avvalroq u Nyu Yorkda ijara pulini to‘lamagani uchun sudga berilgan, shuningdek, bir necha zargarlar bilan ham moliyaviy mojarolarga o‘ralashib qolgandi. Uning o‘zi esa sobiq menejerini ko‘p yillik firibgarlikda ayblab, sudga da’vo arizasi kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer professional boksda 50 ta jang o‘tkazib, ularning hech qaysida mag‘lub bo‘lmagan. Besh karra Jahon chempioni shu yozda yana ringga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan. Rejaga ko‘ra, u 27 iyun kuni Gresiyaning Afina shahrida ko‘rgazmali jang o‘tkazishi kerak edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:21, 19.06.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик