Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Barselona»ning Rafinyani sotish borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

«Barselona»ning Rafinyani sotish borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «Barselona» vingeri Rafinya Dias shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Yulduzli braziliyalikni o‘z safiga qo‘shib olishni Saudiya Arabistoni chempionati vakillari istashmoqda. Jurnalist Serxi Solening ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona»da 29 yoshli futbolchining kelajagi borasida mutlaqo xotirjamlik hukm surmoqda. Rafinya jamoadan ketish istagini bildirmagan va Kataloniya grandi rahbariyati hali ham unga umid bog‘lamoqda. Uni sotish imkoniyati faqat bir holatda, katta taklif tushsagina ko‘rib chiqilishi mumkin.

Rafinyaning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Xans-Diter Flik jamoasi hujum yetakchisining transfer qiymati Transfermarkt baholashiga ko‘ra 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:45, 19.06.2026.
O'qildi: 1977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик