Fransiyalik afsonaviy sobiq futbolchi Patrik Viyeyra Angliya terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Arsenal»ning sobiq xavbeki so‘zlariga ko‘ra, «uch sherlar»ning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan Jud Bellingemning ko‘rsatadigan o‘yinlariga bog‘liq bo‘ladi.
«Jamoa jahon chempionatida g‘olib chiqishi uchun uning eng yaxshi futbolchisi o‘z imkoniyatlarining eng yuqori cho‘qqisida o‘ynashi kerak. Men Bellingem haqida gapiryapman. Agar Jud o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmasa, Angliya turnirda g‘olib chiqa olmaydi», — deya Viyeyraning so‘zlarini Madrid Xtra nashri keltirmoqda.
Tomas Tuxel shogirdlari mundialdagi ilk uchrashuvda Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘sha bahsda Jud Bellingem bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, qolgan gollarga Xarri Keyn (dubl) va Markus Reshford mualliflik qilishdi.













