Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 2-0 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Ansu Fati musiqadagi faoliyatini boshladi

Ansu Fati musiqadagi faoliyatini boshladi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi sobiq hujumchisi, ayni damda «Monako» sharafini himoya qilayotgan Ansu Fati o‘zining ilk musiqiy trekini chiqardi. «Qanday bo‘lmasin» deb nomlangan singl haqida futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi.

«Salom! Nihoyat, sizlar bilan ajoyib yangilikni baham ko‘rishim mumkin!

19 iyun kuni mening ilk musiqiy singlim — "Sea Como Sea" dunyo yuzini ko‘radi. Bu men ulkan ishtiyoq bilan yaratgan va anchadan beri sizlarga taqdim etishni istagan juda ham maxsus loyihadir.

Umid qilamanki, ushbu qo‘shiq sizlarga hamroh bo‘ladi, yuragingizdan joy oladi va men uchun qanchalik qadrli bo‘lsa, siz uchun ham shunday yaqin tuyuladi», — deb yozdi Fati.

Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli futbolchi Sony Music sho‘’ba korxonasi hisoblangan Music Brokers leybli bilan shartnoma imzolagan.

Fati mavsum davomida Nissadagi ovoz yozish studiyalarida mashhur prodyuser Gambinoalaprod hamda «Monako»dagi jamoadoshi Pol Pogba bilan birgalikda yashirincha ish olib borgan. Davomiyligi 2 daqiqayu 15 soniya bo‘lgan kompozisiyada afrobits, reggeton va amapiano yo‘nalishlari unsurlari uyg‘unlashgan.

Kiritildi: 16:40, 19.06.2026.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик