Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Shotlandiya terma jamoasi ustozi Klark: «Biz xomxayolga berilayotganimiz yo‘q»

Shotlandiya terma jamoasi ustozi Klark: «Biz xomxayolga berilayotganimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark JCH-2026 2-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mazkur o‘yin 20 iyunga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

«Bo‘lajak uchrashuv qanchalik qiyin kechishi borasida hech qanday xomxayolga berilayotganimiz yo‘q. Marokash o‘tgan Jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borgan edi va mening fikrimcha, bu jamoa hozir yanada kuchaygan. Bu bizni qanday bahs kutayotganidan darak beradi», — dedi Klark.

Murabbiy o‘z jamoasi kurashga tayyorligini va Gaiti ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ijobiy kayfiyatni saqlab qolayotganini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, bu Shotlandiyaning yirik turnirlardagi oxirgi 30 yil ichidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

«Futbolchilar o‘zlarini juda yaxshi his qilishmoqda. Ular g‘alaba qozonishni istashgandi va buni uddalashdi. Endi esa navbatdagi qadamni tashlab, qolgan o‘yinlarda ham kerakli natijaga erishishni xohlaymiz».

Birinchi turdan so‘ng Shotlandiya hisobida 3 ochko mavjud. Braziliya va Marokashda 1 tadan ochko bor, Gaiti esa hozircha ochko to‘play olmadi.

Kiritildi: 18:38, 19.06.2026.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик