Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

«Arsenal» va «Tottenxem» Grinvudga da’vogarlik qilmoqda

«Arsenal» va «Tottenxem» Grinvudga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

APLning ikki klubi «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisini sotib olish imkoniyatlarini «Arsenal» va «Tottenxem» klublari ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Grinvudga Italiyaning «Roma» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Fransiya klubi ligining moliyaviy talablari sababli ushbu yozda futbolchilarini sotishga majbur bo‘lmoqda va aynan 24 yoshli forvard tarkibdagi eng qimmatbaho aktiv hisoblanadi. «Marsel» Grinvudni taxminan 80 million yevroga baholamoqda. «Manchester Yunayted» esa avvalgi shartnomadagi qayta sotish bandi tufayli transfer summasining 40 foizini qo‘lga kiritishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Grinvud klub miqyosidagi 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:40, 19.06.2026.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик