Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi Dmitriy An O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Hozirda Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayevning ustozi mundialda milliy jamoamizning guruhdan chiqishiga ishonishini ta’kidladi.
«Men O‘zbekiston terma jamoasining guruhdan chiqishini kutayapman. Buning uchun imkoniyatlar bor. Ayrim futbolchilarda hayajon bo‘lishi mumkin, ammo tajribaliroq yigitlar o‘zlarini qo‘lga olib, o‘z o‘yinlarini namoyish etadi deb o‘ylayman.
Mening nazarimda, har qanday raqibdan o‘tish mumkin. Eng muhimi — to‘g‘ri ruhiy tayyorgarlik, omad va raqibdan qo‘rqmaslik. Guruh yaxshiroq ham bo‘lishi mumkin edi, aksincha yanada qiyinroq ham chiqishi mumkindi.
Biz terma jamoamiz uchun muxlislik qilamiz. Axir bu jahon chempionatidagi ilk ishtirok. O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar soni ham juda ko‘p bo‘ladi», — dedi An.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.













