Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

AQSH Avstraliyani mag‘lub etib, JCH-2026 pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo‘l oldi (Videosharh)

AQSH Avstraliyani mag‘lub etib, JCH-2026 pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo‘l oldi (Videosharh)

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Avstraliya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Sietldagi (AQSH) «Lyumen Fild» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 11-daqiqasida Kemeron Byorjessning avtogoli evaziga amerikaliklar hisobni ochishdi. 44-daqiqada esa Aleksandr Friman o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, AQSH Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket ikkita o‘yinda raqiblari o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan (avtogol muallifi bo‘lgan) ilk jamoaga aylandi.

AQSH terma jamoasi 6 ochko bilan «D» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu muvaffaqiyat tufayli amerikaliklar JCH-2026 pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi. Avstraliya esa 3 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Guruh bosqichining so‘nggi turida, 26 iyun kuni AQSH terma jamoasi Turkiyaga qarshi maydonga tushsa, avstraliyaliklar Paragvay bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:54, 20.06.2026.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик