«Brayton» «Tottenxem»ga Luka Vushkovich borasida yangi rasmiy taklif yubordi. Bundan oldin «shporlar»ga tegishli bo‘lgan 19 yoshli markaziy himoyachi uchun 30 mln funt miqdorida birinchi taklif bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, bu safar taklif qilingan summa bonuslar bilan birga 45 mln funtni tashkil etmoqda.
«Tottenxem» xorvatiyalik futbolchi bo‘yicha oldingi ikkita taklifni rad etganidan so‘ng, tez orada uning kelajagi borasida bir qarorga keladi.
Vushkovich ingliz klubi tomonidan 2023 yil sentyabr oyida «Xayduk»dan 12 million funtga sotib olinganidan beri londonliklar safinda bironta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmadi. U 2025 yilda — 18 yoshga to‘lganidan keyingina rasman «Tottenxem» futbolchisiga aylangan edi.













