Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Mazraui — 18 yoshli Buaddi haqida: «Ajoyib futbolchi»

Mazraui — 18 yoshli Buaddi haqida: «Ajoyib futbolchi»

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasining yosh yarim himoyachisi Ayub Buaddi jahon chempionatidagi o‘yini uchun yana maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Bu safar «Lill»ning 18 yoshli futbolchisi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan va marokashliklarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan Shotlandiyaga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsatdi.

«Uning o‘yin sifati hamma narsani aytib turibdi. Ayub — ajoyib futbolchi. U buni Braziliya bilan o‘yinda ko‘rsatgandi, mana endi Shotlandiya bilan bahsda ham isbotladi. Bu haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada. U hammaga juda yoqadi, lekin shu bilan birga juda kamsuqum bo‘lib qolmoqda», — dedi SportyTV telekanaliga bergan intervyusida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qiluvchi marokashlik himoyachi Nussair Mazraui.

Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, «Arsenal», «Liverpul», «PSJ» va Yevropaning boshqa grand klublari Buaddini o‘z safiga qo‘shib olishni istashmoqda.

Kiritildi: 05:52, 20.06.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик