Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alberto Moreno «Komo»ni tark etmoqda

Alberto Moreno «Komo»ni tark etmoqda

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi faxriy futbolchilar bilan xayrlashishda davom etmoqda — Serxio Robertodan keyin Italiyada oxirgi ikki mavsumni o‘tkazgan Alberto Moreno ham jamoani tark etmoqda. U «Komo» safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Uning faoliyatidagi eng yorqin yillar o‘tmishda qolgan — u 2014 yilda Ispaniyaning «Sevilya» klubi bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan edi. Shuningdek, albatta, «Liverpul»dagi chiqishlari va 2019 yilda — «Vilyarreal»ga o‘tgan yilida ingliz klubi bilan Chempionlar Ligasida zafar quchganini ta’kidlash lozim. Ispaniya klubi safida ham u yana bir bor Yevropa Ligasi bosh sovriniga ega chiqqandi.

Faxriy futbolchining yaqin kelajakda nima ish bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgani hozircha ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 07:27, 20.06.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик