Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi FIFA reytingiga ko‘ra JCH-2026 1-turidagi eng yaxshi hujumkor futbolchi bo‘ldi

Messi FIFA reytingiga ko‘ra JCH-2026 1-turidagi eng yaxshi hujumkor futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA statistik ma’lumotlar asosida JCH-2026 guruh bosqichi birinchi turining hujumkor harakatlar bo‘yicha eng yaxshi futbolchilarini aniqladi. Bu tizim nafaqat gollar va golli uzatmalarni, balki vaziyatlar yaratish, hujumlarni rivojlantirish va o‘z darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etishga yordam bergan harakatlarni ham hisobga oladi.

Argentinalik Lionel Messi Jazoir bilan o‘yindagi (3:0) het-trikidan so‘ng hujumkor futbolchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Messi Argentinaning darvoza sohasiga yo‘llagan barcha zarbalari muallifi bo‘ldi, uchta gol urdi va jamoasi zarbalarining 60 foizida ishtirok etdi. Shuningdek, Messi Jazoir yarim himoyasi va himoya chiziqlari oralig‘ida 23 marta to‘pni qabul qilib oldi va raqib chiziqlarini yorib o‘tish bo‘yicha 12 ta muvaffaqiyatli harakatni amalga oshirdi.

Yangi Zelandiya terma jamoasi vingeri Elaydja Djast Eron bilan o‘yindagi (2:2) dubli evaziga ikkinchi o‘rinni egalladi. Eng yaxshilar qatoridan, shuningdek, o‘zlarining start o‘yinlarida dublga erishgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe va Shvesiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yasin Ayari ham joy oldi.

Kiritildi: 10:06, 20.06.2026.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик