Dahshatli realizasiya Turkiya terma jamoasini muddatidan oldin 2026 yilgi jahon chempionati pley-offiga chiqish imkoniyatidan mahrum qildi.
Vinchenso Montella shogirdlari guruh bosqichining ikkinchi turida Paragvay terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (0:1). Turklar raqibning atigi 7 ta zarbasiga javoban 31 ta zarba yo‘llashdi, biroq baribir gol ura olishmadi. Shu tariqa, Turkiya turnirdagi ikkita o‘yinda birorta ham gol urmasdan, jami 61 ta zarba ijro etdi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliyaga qarshi dastlabki o‘yinda ham shunga o‘xshash manzara kuzatilgandi, o‘shanda jamoa 30 marta zarba berib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Yakuniy turda Turkiya AQSHga qarshi maydonga tushadi, biroq ushbu uchrashuvdagi g‘alaba ham ularning turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilishiga yordam bermaydi.













