Londonning «Tottenxem» klubi «Manchester Yunayted»ning «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni transfer qilish bo‘yicha kelishuviga aralashish niyatida. Bunday bayonotni nufuzli insayder Fabrisio Romano berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bir necha haftadan beri «Vest Xem» va futbolchining atrofidagi insonlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq kurashda «Tottenxem» paydo bo‘ldi. «Shporlar» vakillari futbolchi uchun kurashga kirishish maqsadida Fernandeshning agenti bilan bog‘lanishgan.
Shu bilan birga, bu Sandro Tonali transferidan mustaqil ravishda olib borilayotgan alohida jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Poytaxt jamoasi har ikki yarim himoyachini ham sotib olishni rejalashtirgan.
Yakunlangan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarni inobatga olgan holda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlar davomida u 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













