Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chalxano‘g‘li Turkiyaning Jahon chempionatidan chiqib ketganiga izoh berdi

Chalxano‘g‘li Turkiyaning Jahon chempionatidan chiqib ketganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Turkiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Xakan Chalhano‘g‘li JCH-2026dan chiqib ketganlaridan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Dastlabki ikkita o‘yindan keyin terma jamoa pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi.

«Hozir so‘z topish juda qiyin. Jamoa bor kuchini ishga soldi, biroq bu kamlik qildi. Raqib darvozasiga ko‘p zarba yo‘lladik, ammo gol ura olmadik. Omadimiz kelmadi. Paragvay esa bitta zarba berdi, vaziyatdan unumli foydalandi va g‘alaba qozondi.

Xalqimizdan uzr so‘ramoqchiman. Bizda yosh terma jamoa shakllangan, oldinda bizni hali ko‘plab turnirlar kutmoqda. Bu men uchun faoliyatimdagi oxirgi Jahon chempionati bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmayman», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi TRT Spor telekanali.

O‘tkazilgan ikkita uchrashuvdan so‘ng Turkiya terma jamoasi birorta ham ochko to‘play olmadi.

Kiritildi: 13:27, 20.06.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик