Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan o‘yinda jarohat olgan Rafinyaning holati bo‘yicha bayonot berdi

Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan o‘yinda jarohat olgan Rafinyaning holati bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

Braziliya va Gaiti terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvining birinchi bo‘limida Rafinya Dias jarohat olib, zaxiraga olindi.

«Barselona» klubi a’zosi son orqa mushagini shikastlab oldi va 40-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Ushbu ma’lumotni Braziliya terma jamoasi rasmiy bayonotida tasdiqladi, biroq futbolchining safga qaytish muddati hozircha ma’lum qilinmadi.

«Rafinya Gaitiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida o‘ng sonining orqa qismida noqulaylik his qildi. Futbolchi allaqachon tiklanish jarayonini boshladi va tez orada qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, «pentakampeonlar» Gaiti terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Karlo Anchelotti shogirdlari Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 25 iyunga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:29, 20.06.2026.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик