Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Puli yo‘q, lekin rejasi bor: «Inter» Nikolas Pasni qanday qo‘lga kiritmoqchi?

Puli yo‘q, lekin rejasi bor: «Inter» Nikolas Pasni qanday qo‘lga kiritmoqchi?

Baho:
+ | -

«Komo» klubining argentinalik yarim himoyachisi Nikolas Pas Milanning «Inter» klubi e’tiboriga tushdi.

Bundan oldin Madridning «Real» klubi Pasni keyinchalik Angliyaga qimmatroq sotib yuborish maqsadida ortga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, agar yarim himoyachi haqiqatan ham «Real»ga qaytadigan bo‘lsa, «Inter» darhol Madrid klubiga taklif bilan chiqadi. Biroq Italiya grandida bunday yirik transferni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ yo‘q. Shu sababli «neradzurri» Pasni yaxshigina mablag‘ evaziga ijaraga olishni va shartnomaga keyinchalik pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan majburiy sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda.

Yakunlangan mavsumda 21 yoshli Pas «Komo» safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:51, 20.06.2026.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик