Paragvay terma jamoasi noyob natija qayd etdi. Janubiy Amerika vakillari Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 2-turida Turkiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, paragvayliklar birinchi bo‘lim oxiridan boshlab maydonda o‘n kishi bo‘lib harakat qilishgan edi.
Opta tahliliy markazining ma’lumotlariga ko‘ra, XXI asrda faqat uchta jamoa bunday ishni uddalay olgan: 2002 yilda o‘sha Paragvay (Sloveniyaga qarshi, 3:1), 2006 yilda Portugaliya (Niderlandiyaga qarshi, 1:0) va 2014 yilda Belgiya (Janubiy Koreyaga qarshi, 1:0).
Turkiyaga qarshi bahsda Paragvay terma jamoasi raqibning 32 ta zarbasiga javoban bor-yo‘g‘i 7 ta zarba berdi. To‘p nazorati esa bor-yo‘g‘i 22 foizni tashkil etdi, biroq shunga qaramay, ular o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qola bilishdi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Paragvay terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.













