Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Inter» Palestra bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi — tafsilotlar ma’lum

«Inter» Palestra bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi — tafsilotlar ma’lum

Baho:
+ | -

«Atalanta» klubining 21 yoshli himoyachisi Marko Palestra Milanning «Inter» klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Taniqli jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, «Inter» Palestra bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Italiyalik futbolchining dastlabki mavsumdagi maoshi 2 million yevroni tashkil etadi va yildan-yilga oshib boradi. Shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, «Inter» va «Atalanta» rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar shu dam olish kunlari davom etadi, chunki Italiya chempionlari ushbu transferni keyingi haftadayoq batamom hal qilmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» sharafini himoya qildi. U A Seriya doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:43, 20.06.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик