Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Vlaxovichga yangi shartnoma taklif qildi

«Yuventus» Vlaxovichga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich baribir «Yuventus»da qolishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashriga ma’lum bo‘lishicha, bir necha soat oldin Turin klubi rahbariyati 26 yoshli forvardga yangi shartnoma taklif qilgan. Ushbu bitim hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishni ko‘zda tutadi va unga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi bonuslar bilan birgalikda qariyb 8 million yevroni tashkil etadi. Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi shu iyun oyi yakunida tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vlaxovich 2022 yilning yanvar oyidan buyon Italiya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:44, 20.06.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик